Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Metallurg» Proliga talablarini bajarish ustida ishlamoqda

«Metallurg» Proliga talablarini bajarish ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

«Metallurg» 2024-yilgi mavsum so‘ngida Superligadan chetlashtirilgan bo‘lib, keyinchalik u Liga tomonidan o‘tkaziladigan boshqa musobaqalarda ishtirok etmadi.

«O‘zmetkombinat» AJ boshqaruvi raisi — bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan yozilgan kafolat xati asosida «Metallurg» 2026-yildan e’tiboran Liga musobaqalariga qaytdi. Biroq uning aynan qaysi musobaqada ishtirok etishi masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, «Metallurg» klubida Proliga talabini bajarish uchun infratuzilma va sharoit mavjud. Biroq o‘rtada yuzaga kelgan tanaffus sababli, Liga klub bilan bog‘liq faoliyatni qayta monitoring qilib bormoqda. Klubning yagona ishtirokchisi bo‘lgan «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan 23-yanvar kuni chiqarilgan qarorga asosan, Ulug‘bek Mirzayev «Metallurg» klubi bosh direktori etib tayinlandi. Keyingi qadam sifatida klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun MyLeague platformasiga qayta ulanishi lozim.

FIFA tomonidan nazorat qilinadigan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davri O‘zbekistonda 23-fevral kuni yakunlanadi. Biroq 2024-yildan e’tiboran FIFA klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ta’qiq qo‘ygan bo‘lib, bunga sabab bo‘lgan qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinmagunga qadar, klub yangi mehnat shartnomalarini tegishli platformaga yuklay olmaydi.

Liga talabi bilan «Metallurg» FIFA TMS va Legal Portal platformalaridan foydalanish imkoniyatini qayta tiklagan bo‘lib, ayni vaqtda klub rahbariyati eski qarzdorlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Sobiq legioner futbolchining tasdig‘i asosida FIFA «Metallurg» klubidan transfer ta’qiqini olib tashlasa, Liga «Metallurg» bilan mehnat shartnomasi imzolagan futbolchilarni ro‘yxatga olishni boshlaydi.

Shu yilning 23-yanvar kuni Liga ishchi guruhi Bekobod shahrida bo‘lib, «Metallurg» stadionidagi holat bilan tanishdi. Mazkur arena 2023-yil yakunlari bo‘yicha monitoring xulosalari asosida Liga tomonidan Superliga musobaqasi uchun qabul qilinmagandi. Biroq unda Proligani o‘tkazish imkoniyati mavjud. Buning uchun maydon parvarishi va uni jonlantirish ishlari hozirdan boshlanishi lozim. Ayni vaqtda klub rahbariyati maydon parvarishi va stadion texnik zonalarini pardozlash ishlari uchun smeta xarajatlarini ishlab chiqmoqda. «O‘zmetkombinat» AJ bunga mablag‘ ajratishni nazarda tutgan bo‘lib, tez orada maydonni jonlantirish ishlari boshlanadi.

Yuqoridagi masalalar ketma-ketlikda amalga oshirilsa hamda klub qoshidagi akademiyaning barcha tarbiyalanuvchilari MyLeague platformasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilsa, «Metallurg» faoliyatini Proligda davom ettirishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:46, 31.01.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.