Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida qoldi, Javohir Sindorov esa bir pog‘ona yuqoriladi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida qoldi, Javohir Sindorov esa bir pog‘ona yuqoriladi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi (FIDE) yanvar oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda norvegiyalik Magnus Karlsen 2840 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan amerikalik Hikaru Nakamura joy oldi (2810). Kuchli uchlikni esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2795) yakunladi. Top-10 reytingdan shuningdek Vinsent Keymer (2776), Arjun Erigaisi (2775), Anish Giri (2760), Alireza Firuzja (2759), Praggnananda (2758), Gukesh Dommaraju (2754) va Vei Li (2754) o‘rin olgan.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning egallagan o‘rni qanday?

Nodirbek Abdusattorov hamon O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 2751 ochko bor. Abdusattorov hozirda FIDE reytingida 12-pog‘onani band etgan. Nodirbek hozirda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘layotgan Tata Steel Chess turnirida ishtirok etmoqda. U Masters guruhi doirasidagi 12-tur bellashuvlaridan keyin 8 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog‘onasini band etgan. Abdusattorov ushbu musobaqadagi ishtirokini yakunlasa, FIDE reytingida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oladi.

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Javohir Sindorov FIDE reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 20-o‘rindan joy oldi. Sindorov hisobidagi ochkolar soni dekabr oyiga nisbatan 3 ballga kamaygan (2726). Biroq raqiblarining yomon natijalari evaziga ko‘tarildi. Shuningdek, Javohir ham Tata Steel Chess musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 12-tur yakunlariga ko‘ra, 7,5 ochko bilan turnir jadvalida 2-pog‘onani band etgan. Agar ushbu musobaqa yakunlansa, 7 pog‘ona yuqorilab, 14-o‘ringa ko‘tarilib olishi ehtimoli yuqori.

Nodirbek Yoqubboyevning reytingdagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi. U 2691 ochko bilan 36-pog‘onani band etgan. Tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov 2668 ochko bilan 48-o‘rinni egallab turibdi. U o‘tgan oyda 51-o‘rinda edi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 2644 ochko bilan 79-o‘rinni band etgan (o‘tgan oy 85-pog‘ona edi). FIDE jamoaviy reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi 2606 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, FIDE ayollar top-100 reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘rin olgan. 16 yoshli Afruza Hamdamova 2403 ochko evaziga 40-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova 2363 ochko bilan 81-pog‘onani band etgan. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida 2258 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:50, 01.02.2026.
O'qildi: 521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.