Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romanyolining "Lasio"dan Qatarga transferi barbod bo‘ldi

Romanyolining "Lasio"dan Qatarga transferi barbod bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Lasio" himoyachisi Alessio Romanyoli "Al-Sadd"ga o‘tishi mumkin edi, ammo transfer so‘nggi pallada barbod bo‘ldi.

31 yoshli italiyalikning Roberto Manchini murabbiyligidagi jamoaga o‘tishi kelishib olingan, tomonlar hujjatlar bilan almashishgan, biroq Qatar klubi mamlakatda qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar kelishuvni rasmiylashtirishga ulgurmagan.

Alfredo Pedullaga ko‘ra, rimliklar avvaliga Alessioni taxminan 10 million yevroga sotishga rozi bo‘lgan, keyin ko‘proq so‘rashgan va yakunda transferni yopishga ulgurishmagan.

Rudi Galettining ta’kidlashicha, Romanyoli "Lasio"ga o‘tishi kerak bo‘lgan 600 ming yevrodan voz kechishni istamagani uchun transfer amalga oshmay qolgan.

Kiritildi: 16:51, 01.02.2026.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик