Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh Runi va Anrining rekordini ortda qoldirdi

Saloh Runi va Anrining rekordini ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (4:1) golli uzatma berib, yangi rekord o‘rnatdi.

67-daqiqada misrlik futbolchi Florian Virsga assist qildi. Bu Salohning APL doirasida «Enfild» stadionidagi 152-golli harakati bo‘ldi. Squawka ma’lumotiga ko‘ra, bu bir stadionda eng ko‘p golli harakat bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. U bu ko‘rsatkichda Tyerri Anri («Xayberi»da 151) va Ueyn Runini («Old Trafford»da 151) ortda qoldirdi.

Muhammad Saloh «Liverpul» safida 2017 yildan beri o‘ynab keladi. Joriy APL mavsumida u 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 17:26, 01.02.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.