Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Navbahor Hamidova: «Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa, Olimpiada oltin medalini ham olamiz»

Navbahor Hamidova: «Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa, Olimpiada oltin medalini ham olamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati Navbahor Hamidova bilan uyushtirilgan suhbatni e’lon qildi.

— Navbahor, yana bir karra O‘zbekiston chempioni bo‘lganligingiz bilan tabriklaymiz!
— Rahmat.

— Bu safargi chempionat borasida qanday fikrdasiz?
— Barchasi ajoyib. Har doimgidek.

— Chempionlikka erishish yo‘lida qanchalik qiyinilik yuzaga keldi. Raqibalaringiz borasida nima deysiz?
— Har bittasini hurmat qilaman. Lekin men yaxshi jismoniy holatga ega edim.

— Siz avval 75 kg.da harakat qilardingiz. Keyinchalik 66 kg.ga tushdingiz. Vazn qilishda muammolar bo‘lmaydimi?
— Yo‘q. Murabbiyimiz Elshod Rasulovning maslahati bilan shu vaznga tushdik va natijalar ham asta-sekin kelishni boshladi.

— Siz asli Samarqand viloyatida tavallud topgansiz, to‘g‘rimi?
— Ha, Jomboy tumanidanman.

— Demak, Samarqandda qizlar boksi juda yaxshi rivojlangan ekanda, Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekovalar ham samarqandlik?
— Bularni safiga Sevara Mamatovani qo‘shsak bo‘ladi.YAna yoshlarimizdan juda ko‘p.

— Siz professional boksda ham debyut qildingiz. Bu yo‘nalishda ham davom etasizmi?
— Har ikkisini birgalikda olib boraman.

— Aytaylik, professional boksda jang qilish uchun sizga "vizov"lar bo‘lsa, qabul qilasizmi?
— Ha, murabbiylarim bilan maslahat qilib jangga chiqaman.

— Sizga savol, masalan, kim chaqirishi mumkin, deb o‘ylaysiz? Misol uchun, qozog‘istonlik Firuza Sharipova...
— Menimcha, boksdagi faoliyatini yakunladi. Mendan yoshi anchagina katta. Aslida, istalgani bilan jang qilaveraman.

— O‘sha jahon chempionati finalidagi jangda yaxshi ikki raundni o‘tkazdingiz. Lekin uchinchi raundda tashlab yubordingiz. G‘alabangizga ishonib ketganmidingiz?

— Yo‘q. Barcha raundlarda bor kuchim bilan harakat qilaman. Shunchaki sog‘liq bilan muammo bor edi. Nasib qilsa bu safar jahon chempioni bo‘laman.

— Bu borada sizga omad tilaymiz!

— Katta rahmat. Xalqimiz qo‘llab-quvvatlab tursa Olimpiada oltin medalini ham olamiz.

Eslatib o‘tamiz, Navbahor Hamidova World Boxing tashkiloti kubogi g‘olibi, uch marta jahon chempionati sovrindori ko‘p karra Osiyo va O‘zbekiston chempionati oltin medali sohibasi sanaladi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 20:54, 01.02.2026.
O'qildi: 2937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик