Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

ATP reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik tennischilarning o‘rni qanday?

ATP reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik tennischilarning o‘rni qanday?

Baho:
+ | -

Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) haftalik yangi reytingni e’lon qildi. Top-10 jadvalda to‘rtta o‘zgarish kuzatildi.

Jumladan, 2026-yilgi Avstraliya ochiq chempionati finalchisi, serbiyalik Novak Jokovich 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U o‘z hisobiga 500 ochko qo‘shib qo‘ydi va germaniyalik Aleksandr Zverev bilan o‘rin almashdi.

Shuningdek, amerikalik Teylor Frits ikki pog‘ona ko‘tarilib, 7-o‘ringa joylashdi. 7-o‘rindagi Ben Shelton esa, aksincha, ikki pog‘ona pastladi.

Bundan tashqari, reytingda peshqadamlik qilayotgan ispaniyalik Karlos Alkaras 2026-yilgi Avstraliya ochiq chempionatidagi g‘alaba sababli ochkolari sonini 13 650 taga yetkazib oldi va uning hisobiga 1600 ochko qo‘shildi. 2025-yilgi chempionlikni himoya qila olmagan italiyalik Yannik Sinner esa 1200 ochko yo‘qotdi.

Ushbu haftada ATP reytingiga kiritilgan o‘zbekistonlik tennischilarning egallagan o‘rinlarida o‘zgarish yuz berdi. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin 8 pog‘onaga ko‘tarildi va 330-o‘rindan joy oldi. Uning hisobida 151 ochko mavjud. U 1–8-fevral kunlari Ispaniyaning Tenerife shahrida o‘tkaziladigan ATP Chellenger turnirida ishtirok etmoqda. Uning 1/32 finaldagi raqibi meksikalik Stefano Travalya bo‘ladi. Fomin ushbu musobaqada g‘alaba qozonsa 75 ochkoni qo‘lga kiritadi.

Humoyun Sultonov avvalgi o‘rnidan 34 pog‘ona pastladi, Maksim Shin esa 21 pog‘ona ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik tennischilarning ATP reytingidagi o‘rni top-3:

330. (338) Sergey Fomin — 151 ochko;
615. (581) Humoyun Sultonov Sergey Fomin — 58 ochko;
966 (987) Maksim Shin — 19 ochko.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:22, 02.02.2026.
O'qildi: 436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.