Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 22-turida o‘z maydonida "Rayo Valyekano" ustidan og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdi - 2:1.
Onda Cero xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu g‘alabadan so‘ng jamoa futbolchilariga ikki kunlik ta’til bergan.
O‘yinchilar chorshanba kunidan boshlab 8 fevral sanasiga belgilangan "Valensiya"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.













