Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Javohir Sindarov: «Bu — mamlakatimiz uchun ulkan muvaffaqiyat»

Javohir Sindarov: «Bu — mamlakatimiz uchun ulkan muvaffaqiyat»

Baho:
+1 | -

Tata Steel Chess Tournament Masters 2026 yakuniy turida Javohir Sindarov g‘alabaga erishib, turnirni 8,5 ochko bilan yakunladi. U Masters guruhida mag‘lubiyatsiz o‘ynagan yagona shaxmatchi bo‘ldi va yakunda ikkinchi o‘rinni egalladi.

— Turnirni g‘alaba bilan yakunlaganimdan juda xursandman. Bugun juda yaxshi o‘ynadim. Albatta, blis tay-breykka chiqish imkoni bo‘lmagani biroz achinarli, lekin baribir juda baxtliman — ayniqsa do‘stim Nodirbek uchun. U bunga chin dildan loyiq edi. Bu yerda to‘rtinchi bor o‘ynadi va oldin doim ikkinchi yoki uchinchi bo‘lgan, endi esa nihoyat turnirni yutdi. U ajoyib musobaqa o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kuchli shaxmatchilar ko‘payib borayotgani haqida gapirar ekan, Javohir bu yutuqlar federasiya qo‘llab-quvvatlovi bilan bog‘liqligini aytdi:

— Bunday yirik turnirda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallash — mamlakatimiz uchun ulkan muvaffaqiyat. Bu federasiyaning bizni qanday qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatadi. Aynan shu yordam tufayli biz bunday natijalarga erishyapmiz.

Kecha Pragnanandhaa bilan partiyada debyutdayoq yurishlar takroriga rozi bo‘lgani ko‘pchilikni hayratga solgan edi. Sindarov bu qarorni shunday izohladi:

— Rostini aytsam, men bu variantni shunchaki unutibman. Nazariya juda katta edi va muhim so‘nggi tur oldidan durangga rozi bo‘lib, bugungi partiyaga yaxshiroq tayyorlanish imkonini oldim. Bugun debyutda juda ishonchli o‘ynadim va deyarli vaqt sarflamadim.

Turnirdagi eng sevimli partiyalari haqida so‘ralganda, u ikki uchrashuvni alohida ajratdi:

— G‘alabalar orasida eng yoqqani — Blyubaumga qarshi match. Duranglar ichida esa Gukeshga qarshi partiya: o‘sha o‘yinda pozisiyam haqiqatan ham yutqazilgan edi, lekin juda yaxshi himoyalandim. U kompyuterdek hujum qildi, ammo men bardosh berdim.

Yakuniy savol — keyingi rejalar haqida bo‘ldi:

— Navbatdagi turnir — o‘n kundan keyin bo‘ladigan Freestyle Chess bo‘yicha jahon chempionati. Birinchi o‘rinda, avvalo dam olaman. Turnir juda og‘ir bo‘ldi, kuchimni tiklab, keyin yana maksimal natija uchun harakat qilaman.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 22:09, 02.02.2026.
O'qildi: 3300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик