Bugun, 3 fevral kuni Angliya liga kubogi yarim final javob o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda "Arsenal" hamda "Chelsi" futbolchilari kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yin 3:2 hisobida "Arsenal" foydasiga hal bo‘lgan edi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, "Arsenal" o‘yinning asosiy vaqtida 57,3 foiz ehtimol bilan g‘alaba qozonadi, 23,4 foiz ehtimol bilan durang bo‘lishi mumkin, "Chelsi"ning g‘alabasi 19,3 foizga baholanmoqda.
"Arsenal" turnir finaliga chiqishi - 87,3%, "Chelsi" yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritishi 12,7 foizga baholangan.













