Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Andijon"ning "Shaxtyor"ga qarshi nazorat o‘yini oxirigacha yetmay qoldi

"Andijon"ning "Shaxtyor"ga qarshi nazorat o‘yini oxirigacha yetmay qoldi

Baho:
+ | -

Kecha “Andijon” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Qozog‘istonning “Shaxtyor” klubiga qarshi maydonga tushdi. Lekin mazkur bahs yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i 54-daqiqada to‘xtatildi.

O‘yinni litvalik hakamlar brigadasi boshqardi. Afsuski, ushbu referilar bahs boshidanoq o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborishdi. Raqib tomonidan qilingan qo‘polliklarga hakam hech qanday reaksiya bildirmagani natijasida qo‘polliklar yana davom etaverdi. Buning oqibatida Imeda Ashortia, Dragan Cheran, Abdurahmon Komilov majburiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. 54-daqiqada esa Abdulvohid G‘ulomovga ham yaqqol va jiddiy qo‘pollik ishlatildi va shundan keyin hakam o‘yinni to‘xtatdi va avvalo o‘zlari maydondan chiqib ketishdi.

Saviya jihatidan juda salbiy taassurot qoldirgan hakamlarning qo‘polliklar yaqqol qip-qizil kartochkaga loyiq bo‘lsa-da, jim turgani albatta jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Shunda ham andijonliklar o‘yinni davom ettirdi. Biroq ikkinchi bo‘limda raqibning yana bir keskin qo‘polligini hakam qizil kartochka bilan jazolash o‘rniga uchrashuvni to‘xtatishga qaror qildi.

Bahs davomida ikki marta tez yordam mashinasi ishga tushdi va "Andijon" futbolchilarini shifoxonaga olib borishiga to‘g‘ri keldi. Shunday ekan, raqibning xaddan ortiq qo‘pol munosabatda bo‘lishi hamda hakamning saviyasizligi fonida bunday uchrashuvning to‘xtatilgani qaytanga yaxshi bo‘ldi.

“Shaxtyor” (Qozog‘iston) - “Andijon” - 0:0...

2 fevral. Antaliya. “Susesi sport markazi” stadioni.

Hakamlar: Orestas Abramavichus, Eymantas Rudavichus, Simas Kaushas (barchasi - Litvadan).

“Shaxtyor”: Igor Shaskix, Mark Bogachov, Shaxsultan Zubaydilda, Timur Rudaselski, Xasen Artur Uulu, Vladislav Prokopenko, Arup Sautov, Alen Aymanov, Aslan Ahmedov, Dias Kalibayev, Rafayel Ospanov.

“Andijon”: Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Aleksandr Andronikashvili, Jamshid Boltaboyev, Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov, Imeda Ashortia, Martin Boake.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Usmonali Ismonaliyev, Xumoyunmirzo Iminov, Abdulvohid G‘ulomov, Bekzod Sulaymonov, Kristian Novak, Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Kiritildi: 12:20, 03.02.2026.
O'qildi: 1515 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик