Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rakitich: «Bavariya» bu iqtidorni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak»

Rakitich: «Bavariya» bu iqtidorni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» va Xorvatiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘z hamyurti Luka Vushkovichga «Bavariya»ga o‘tishni maslahat berdi. 18 yoshli futbolchi ayni damda «Tottenxem»ga tegishli hisoblanadi.

«Hozir butun Yevropa u haqida gapirmoqda. «Bavariya» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun hamma narsani qilishi kerak. Men bu yigit o‘sha yerga o‘tishi lozim deb hisoblayman. Unda eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri bo‘lish uchun barcha narsa mavjud. «Tottenxem» uni yozdan keyin o‘z safida olib qola oladimi yoki yo‘qmi, men uchun juda qiziq. Menimcha, u top-klublardan biriga o‘tish orqali keyingi qadamni tashlashga tayyor. Men uchun Yevropada bunday klublar bor-yo‘g‘i 4 yoki 5 ta», — deya Rakitichning so‘zlarini keltirmoqda Sky Germany.

Joriy mavsumda Vushkovich ijara asosida «Gamburg» sharafini himoya qilmoqda. U 19 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 4 ta ogohlantirish oldi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:04, 04.02.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик