Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Kante «Fenerbaxche» safida qancha daromad topishi aniq bo‘ldi

Kante «Fenerbaxche» safida qancha daromad topishi aniq bo‘ldi

Baho:
+4 | -

Fransiyalik yarimhimoyachi N’Golo Kante Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Xavbek qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasidan Superliga klubiga ko‘chib o‘tgan. Sports Digitale nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, fransiyalik futbolchi Istanbulda ikki yarim yil ichida 40 mln yevrodan ortiq mablag‘ ishlab topadi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kante «Fenerbaxche»ga o‘tishda 14,4 mln miqdorida mukofot puli olgan. 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismi uchun fransiyalik futbolchi klubdan 5,5 mln yevro oladi. Keyingi ikki mavsumda esa yarimhimoyachining yillik maoshi 11 mlnni tashkil qiladi.

Shu tariqa, futbolchi turk klubida ikki yarim mavsum davomida jami 41,9 mln yevro mablag‘ ishlab topadi. Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishidan avval N’Golo Kante Angliyada Londonning «Chelsi» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:21, 04.02.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.