Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«Neftchi» «Istiqlol» stadionini translyasiya uchun integrasiyalashgan kabellashtirish yuzasidan birinchilardan bo‘lib shartnoma imzoladi

«Neftchi» «Istiqlol» stadionini translyasiya uchun integrasiyalashgan kabellashtirish yuzasidan birinchilardan bo‘lib shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi «Bunyodkor» hamda Olimpiya shaharchasida joylashgan stadionlarni inobatga olmasa, respublikadagi qolgan katta futbol arenalaridagi eng katta muammolardan biri integrasiyalashgan kabellashtirish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.

Stadiondagi mavjud barcha kamera platformalarini SMPTE 311:2009 standartiga mos keladigan gibrid elektr va optik kabellar bilan ta’minlash va ulanishlarni yagona patchroom orqali markazlashtirish tizimi translyasiya sifatini yaxshilashda muhim omillardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 262-sonli qarori asosida, endilikda Superliga stadionlarida alohida VAR boshqaruv xonasi tashkil etilmoqda. Assosiasiya va Liga avvalroq bunni Termiz va Xorazm stadionlarida sinovdan o‘tkazgan bo‘lib, 2026 yilgi mavsumdan e’tiboran barcha stadionlar Milliy futbol markazi bilan bevosita bog‘lanishi rejalashtirilgan. Shuning barobarida, translyasiyalar sifatini yaxshilash va bu bilan VAR markazi uchun sifatli tasvirlarni uzatishga erishish uchun Superliga stadionlarida integrasiyalashgan kabellashtirish tizimi ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘chma televizion stansiyalar FIFA va OFK talablariga to‘liq mos holda faoliyat olib borishini muvofiqlashtirish uchun Prezident qarori asosida texnik talab ishlab chiqilgan bo‘lib, ayni vaqtda futbol klublari stadionlarni unga moslashtirish masalasida tegishli kompaniyalar bilan muzokara olib bormoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tashabbusi bilan «Istiqlol» stadionida integrasiyalashgan kabellashtirish tizimini joriy qilish bo‘yicha bugun tegishli kompaniya bilan shartnoma imzolandi. Shu tariqa, farg‘onaliklar Superliga klublari orasida mazkur talabni bajarish yo‘lida amaliy qadam qo‘ygan ilk jamoaga aylandi. Ma’lumki, joriy mavsum «Neftchi» OFK Chempionlar ligasi Elit musobaqasida mamlakat sharafini himoya qiladi. Shundan kelib chiqqan holda Farg‘onada «Istiqlol» stadionini xalqaro musobaqalarga moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

«Neftchi» klubi 2025 yilgi mavsum chempionligini qo‘lga kiritgan kunda «Istiqlol» stadioni yilning eng yaxshi stadioni sovrinini qabul qilib olgandi. Shundan keyin ham stadionni zamonaviy talablarga moslashtirish ustida ish olib borilayotgani Liga tomonidan e’tirof etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:26, 05.02.2026.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.