Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

«Arsenal» va «Chelsi» braziliyalik iqtidor uchun kurashmoqda

«Arsenal» va «Chelsi» braziliyalik iqtidor uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Korintians» klubi xavbeki Breno Bidon faoliyatini Angliyaning top-klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Caught Offside.

20 yoshli yarim himoyachining transferiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar»ga ushbu futbolchi uchun kurashda poytaxtning boshqa bir klubi — «Chelsi» raqobat tug‘dirishi mumkin. Ta’kidlash joizki, Bidonning shartnomasida belgilangan tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi. Shunga qaramay, «Korintians» kelayotgan yozda jiddiy imtiyozlarga borishga va futbolchi bilan taxminan 30 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.

Breno braziliyaliklar safida 107 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:51, 06.02.2026.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.