Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jonatan Ta Musiala haqida: "U maydonda hech kim kutmagan ishlarni qila oladi"

Jonatan Ta Musiala haqida: "U maydonda hech kim kutmagan ishlarni qila oladi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta jamoadoshi Jamal Musiala haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jamal — doimo kerakli vaziyatlarda paydo bo‘ladigan yigit. U maydonda boshqa hech kim qila olmaydigan va hech kim kutmaydigan ishlarni amalga oshiradi. U alohida iqtidor. Uni yana maydonda ko‘rganimdan xursandman, chunki u ancha og‘ir davrni boshidan o‘tkazdi", — deya Taning so‘zlarini keltirmoqda "ESPN FC".

Eslatib o‘tamiz, Musiala maydonga faqat yanvar oyida qaytdi. Yarim himoyachi o‘tgan yilning yozida olgan jarohatidan so‘ng uzoq vaqt davomida tiklanish jarayonini o‘tadi.

Joriy mavsumda 22 yoshli xavbek barcha turnirlarda to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:04, 06.02.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик