Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya "Malyorka"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi

Rafinya "Malyorka"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Malyorka"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shanba kungi bahsda "ko‘k-anorranglilar"ga vinger Rafinya yordam bera olmaydi. "El Partidazo de COPE" xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi juma kungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan.

Rafinya hali ham mushaklaridagi muammodan aziyat chekmoqda. Braziliyalik futbolchi La Liganing o‘tgan turida "Elche"ga qarshi o‘yinda zaxiraga olingan edi. Shundan so‘ng u "Albasete"ga qarshi kubok bahsini ham o‘tkazib yubordi.

Bundan tashqari, Xans-Diter Flik ixtiyorida bo‘lmagan futbolchilar ro‘yxatida Gavi, Pedri va Andreas Kristensen ham bor.

2025/2026 yilgi mavsumda Rafinya 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 17:30, 06.02.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик