Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Rodrigoning qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Rodrigoning qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» vingeri Rodrigo taxminan o‘n kunga safdan chiqdi.

«Madrid» klubining xabar berishicha, 25 yoshli Braziliya terma jamoasi a’zosining o‘ng oyog‘ida pay tendinozi (pay to‘qimalarining yallig‘lanishsiz yemirilishi va zaiflashishi bilan bog‘liq surunkali kasallik — tahr.) aniqlangan.

«Marca» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining tiklanishi uchun taxminan 10 kun vaqt ketadi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi 8 fevral kuni «Valensiya»ga va 14 fevral kuni «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Rodrigo joriy mavsumda La Liganing 18 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:07, 07.02.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик