Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Mbappe 5,9 mln yevro miqdoridagi qarzi uchun "PSJ" ofisiga sud ijrochilarini yubordi

Mbappe 5,9 mln yevro miqdoridagi qarzi uchun "PSJ" ofisiga sud ijrochilarini yubordi

Baho:
+ | -1

7 fevral, juma kuni sud ijrochilari "Real" hujumchisi Kilian Mbappening iltimosiga binoan "PSJ" ofisiga tashrif buyurishdi, unga Parij klubi yig‘ilgan ta’til pullarini to‘lamagan, deb yozadi L'Equipe.

Futbolchiga tegishli bo‘lgan 60,9 mln yevrodan "PSJ" 5,9 mln yevroni to‘lamagan. Bu jamg‘arilgan ta’til haqi summasi. Sud ijrochilari parijliklarga Mbappening qarzini to‘lash talabi bilan to‘lov xabarnomasini topshirdi.

Agar Parij klubi Mbappe bilan hisob-kitob qilmasa, sud sakkiz kun ichida "PSJ"ning mol-mulkini musodara qilishi, Fransiya terma jamoasi sardorining advokatlari esa qarz summasini jamoa hisobidan undirib olishi mumkin. Klubda 19 fevralgacha apellyasiya berish uchun vaqt bor.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) parijliklarni "Real"ga o‘tgan hujumchiga 55 million yevro miqdoridagi maosh va bonuslar bo‘yicha qarzdorlikni to‘lashga majbur qilgan edi. 2025 yil dekabr oyida mehnat nizolari bo‘yicha Parij sudi "PSJ"ni futbolchiga ta’til pulini hisobga olgan holda 60,9 million yevro to‘lashga majbur qildi. Klubning sobiq futbolchiga qo‘ygan moliyaviy talablari to‘liq rad etildi.

Kiritildi: 09:00, 07.02.2026.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик