Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston delegasiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegasiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston delegasiyasi 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Unda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog delegasiya bayroqdori vazifasini bajardi.

O‘zbekiston delegasiyasi ushbu nufuzli musobaqa uchun jami 4 ta Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchish sportining juftlik bahslarida, Medet Nazarov tog‘ chang‘isi sportining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofasida Olimpiya lisenziyasiga ega bo‘lgan.

Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiya o‘yinlariga qadar to‘liq tiklana olmadi. Shu sababli O‘zbekiston sportchilari Milan–Kortina–2026 musobaqalarida tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yilning 6–22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 25-bor tashkil etilmoqda. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar 4 fevraldan boshlangan.

Milan va Kortina-d’Ampezzo shaharlari tomonidan berilgan qo‘shma ariza 2019 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134-sessiyasida g‘olib deb topilib, Shvesiyaning Stokgolm va Ore shaharlari taklifini ortda qoldirdi. Milan–Kortina–2026 o‘yinlari tarixda ilk bor rasman ikki shahar tomonidan birgalikda mezbonlik qilinadigan Olimpiada bo‘ladi.

Musobaqalarning asosiy muz turlari Milanda o‘tkaziladi. Qolgan bellashuvlar esa Kortina, Valtellina va Fiemme vodiylari atrofidagi klasterlarda tashkil etiladi. Ushbu musobaqa Italiya mezbonlik qiladigan uchinchi qishki Olimpiya, hamda umumiy hisobda to‘rtinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. Avvalroq Kortina-d’Ampezzo 1956 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.

2026 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturida ilk bor tog‘ chang‘isi alpinizmi sport turi Olimpiya dasturiga kiritilgan. Shuningdek, bu o‘yinlar XOQ prezidenti Kirsti Koventri rahbarligi ostida o‘tkaziladigan ilk Olimpiada hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:15, 07.02.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.