Kirish Ro'yxatdan o'tish

Viktor Dyokeresh "to‘xtamayapti": Shvesiyalik hujumchi "Arsenal" safida so‘nggi 4 o‘yinda 4 ta gol urdi

Viktor Dyokeresh "to‘xtamayapti": Shvesiyalik hujumchi "Arsenal" safida so‘nggi 4 o‘yinda 4 ta gol urdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi APL 25-turi doirasida hujumchi Viktor Dyokereshning ikkita goli evaziga "Sanderlend"ni mag‘lub etdi (3:0). Shu tariqa, "to‘pchilar"ning shvesiyalik forvardi so‘nggi to‘rtta uchrashuvda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan avval Dyokeresh Angliya chempionati doirasidagi "Lids Yunayted" (4:0) va Chempionlar Ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Qayrat" (3:2) bilan bahslarda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi.

Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

2025 yil 26 iyul kuni Viktor Dyokeresh "Sporting"dan "Arsenal"ga o‘tib, shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 22:31, 07.02.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик