Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik: "Bu men uchun ideal ish"

Kerrik: "Bu men uchun ideal ish"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Maykl Kerrik jamoa bilan ishlash unga yoqayotgani haqidagi savolga javob berdi.

"Ha, albatta. Bunday ish qanday qilib yoqmasligi mumkin? Men uchun bu ideal ish. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va go‘yoki bu yerda aslida bo‘lganimdan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘tkazgandekman. Bu shtab va futbolchilarning xizmatidir. Hozirda hammasi yaxshi ketmoqda. Biz ishning dastlabki qismini muvaffaqiyatli o‘tkazdik, ammo hotirjamlikka berilmasligimiz kerak", — dedi Kerrik "BBC" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida "Manchester Yunayted" Maykl Kerrikni 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar murabbiy etib tayinlanganini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri "qizil iblislar" ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 08:16, 08.02.2026.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик