Kirish Ro'yxatdan o'tish

Glasner «Kristal Pelas»ning rekord xaridi haqida gapirdi

Glasner «Kristal Pelas»ning rekord xaridi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoaning yangi a’zosi Yorgen Strann Larsen klubga nima berishi haqidagi savolga javob berdi. 25 yoshli norvegiyalik futbolchi 2026 yil fevral oyi boshida «Vulverxempton»dan 55,7 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

«Uning profili Matetanikiga o‘xshash. Biz novcha, jismoniy jihatdan kuchli hujumchi, ya’ni «to‘qqizlik» xohlagan edik. Yorgenda ajoyib mentalitet va xarakter bor, biz unga ishonamiz. Yorgen biz uchun zarur bo‘lgan sifatlarni namoyish etmoqda — shuning uchun ham uni qo‘lga kiritish uchun katta harakat qildik», — deya Glasnerning so‘zlarini keltiradi «BBC».

Larsen bugun, 8 fevral kuni APLning 25-turi doirasida «Brayton»ga qarshi kechadigan o‘yinda debyut qilishi mumkin. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:02, 08.02.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик