Kirish Ro'yxatdan o'tish

Moyze Kin: "Fiorentina"ning kelajagiga nekbinlik bilan qarayman"

Moyze Kin: "Fiorentina"ning kelajagiga nekbinlik bilan qarayman"

Baho:
+ | -

"Fiorentina" klubi forvardi Moyze Kin "Torino"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

"O‘yin oxirida juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik, bizni xavfli zonadan chiqarib yuboradigan ochkolarni yo‘qotdik. Ishlashda davom etish, ishlash va ishlash kerak. Qo‘lni tushirish kerak emas, chunki bu bizni o‘ldiradi.

Men "Fiorentina"ning kelajagiga nekbinlik bilan qarayman. Biz o‘yinlar oxirida himoyalanish va standart vaziyatlarda himoyalanish ustida ishlaymiz, chunki bunday o‘ynashni davom ettira olmaymiz. Bizga barcha shaharliklarning qo‘llab-quvvatlashi kerak. Faqat birgalikda bu vaziyatdan chiqib keta olamiz", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Yaqinda jarohat olganiga qaramay, Kin 26 ta rasmiy o‘yinda 7 ta gol bilan "Fiorentina"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 14:32, 08.02.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик