Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasado: "Barselona"da yaxshi muhit bor"

Kasado: "Barselona"da yaxshi muhit bor"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado "Malyorka"ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi. Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan o‘yin 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi.

"Qiyin bo‘lishini bilardik, ayniqsa, birinchi golni urish. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik va o‘yinni nazorat qila oldik. Bizda yaxshi muhit va bo‘lajak o‘yinlarda g‘alaba uchun kurashishga tayyormiz", - deya Kasadoning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.

Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

23-turdan so‘ng "Barselona" 58 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 15:13, 08.02.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик