«Barselona» rahbariyati Lionel Messi bilan xayrlashgandan keyingi «qora davr»dan klubni uch kishi qutqarib qoldi deb hisoblaydi. Bu ro‘yxatga vinger Lamin Yamal, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va sport direktori Deku kiritilgan. Bu haqda «The Touchline» nashri xabar bermoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» lageridagilarning fikricha, hozirda klubda ilgari Lionel Messi, Xosep Gvardiola va Chiki Begiristayn davridagiga o‘xshash model qayta yaratilgan. Endilikda ushbu uchta muhim o‘rinni Yamal, Flik va Deku egallab turibdi.













