Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Shomurodov hamda Fayzullayevning “Eyupspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov hamda Fayzullayevning “Eyupspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

“Bashakshehir” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining 21-turi doirasida “Eyupsport”ga qarshi bahsda maydonga tushdi (2:1). Shomurodov uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Fayzullayev 65-daqiqada zaxiraga olindi.

Sofascore portali “Bashakshehir”ning birinchi goliga assistentlik qilgan Abbosbek Fayzullayevning harakatlarini 7,7 ball bilan baholadi. Jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodovning o‘yini esa 8,0 ballga loyiq ko‘rildi.

Shomurodov o‘yin davomida 47 marta to‘pga tegindi. U jami 36 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 31 tasi aniq manzilga yetib bordi (86 foiz). Shuningdek, Eldor “Eyupspor” darvozasiga 6 marta aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, 3 tasi aniq manzilga yetib bordi. Uning kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi 0,88 ni tashkil etdi.

Abbosbek Fayzullayev uchrashuv davomida 49 marta to‘p bilan muomala qildi. U maydonda bo‘lgan 65 daqiqa ichida 22 ta uzatma amalga oshirib, ularning 16 tasi aniq manzilga yetib bordi (73 foiz). Fayzullayev bir bor darvozaga zarba yo‘lladi. Shuningdek, u 13 marta to‘p uchun kurashga kirishib, 10 holatda g‘alaba qozondi. Havodagi bahslarda esa 4 marta ishtirok etib, 2 tasida raqiblaridan ustun keldi.

“Eyupspor” darvozaboni Jankat Yilmaz o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o‘yin davomida ikkita gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, 9 ta seyv amalga oshirib, hisobni yiriklashib ketishini oldini oldi. Sofascore portali 21 yoshli kiperning harakatlarini 9,9 ball bilan baholadi. “Bashakshehir”ning birinchi goli muallifi Daviye Selke esa Shomurodov bilan bir xil ballga loyiq ko‘rildi — 8,0.



Ma’lumot uchun, ayni paytda “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 21-turidan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lub bo‘lgan “Eyupspor” esa 18 ochko bilan autsayderlar safida qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:44, 09.02.2026.
O'qildi: 1843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.