Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Kuchli raqib bilan bahsda qanday holatda ekanimizni bilib olamiz» – Vadim Abramov «Zenit» bilan o‘yin oldidan

«Kuchli raqib bilan bahsda qanday holatda ekanimizni bilib olamiz» – Vadim Abramov «Zenit» bilan o‘yin oldidan

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan keyin bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, «Zenit»ga qarshi dushanba kuni o‘tadigan o‘yinga to‘xtaldi.

«Zenit» – yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaxshi raqib. Bunday jamoalar bilan o‘z kuchingni sinab ko‘rish yoqimli bo‘ladi. Har holda kuchli raqib bilan qanday holatda ekanimizni bilib olamiz.

Raqib Rossiyaning 10 karra chempioni? Bahsga odatdagidek tayyorlanayapmiz. Bungacha Dubay va Abu-Dabida yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, bu uchrashuv ham tayyorgarlikning davomi bo‘ladi.

Mavsumga reja asosida hozirlik ko‘ryapmiz. Jamoada ishchan kayfiyat hukmron. Chempionatga tobora kam vaqt qolmoqda, mavsumga raqobat bardosh bo‘lib kirib borishimiz kerak», - dedi Vadim Abramov «Zenit» bilan o‘yin oldidan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:13, 09.02.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик