Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 1-0 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Xulian Alvaresning «inqirozi»

Xulian Alvaresning «inqirozi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares gol urish keskin pasayib ketgani sababli tobora ko‘proq tanqidlarga uchramoqda.

Yakshanba kuni argentinalik futbolchi yana gol ura olmadi, «matraschilar» esa La Liga bahsida o‘z uylarida «Betis»ga imkoniyatni boy berishdi (0:1). Madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone yulduz forvardni tanaffusdayoq almashtirdi. Endi payshanba kuni «Atletiko»ni Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Barselona»ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda.

«Biz Alvaresga muhtojmiz. Xulian — bizning eng yaxshi o‘yinchimiz, u biz uchun juda muhim. Umid qilamanki, u payshanba kungi «Barselona» bilan bo‘ladigan o‘ta muhim bahsga tayyor bo‘ladi», — dedi Simeone matbuot anjumanida.

Xulian Alvaresning «golsiz seriyasi» allaqachon 11 ta o‘yindan beri davom etmoqda. La Ligada esa 26 yoshli futbolchi 1 noyabrdan beri raqib darvozasini ishg‘ol eta olmayapti.

Kiritildi: 11:17, 09.02.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик