Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Laporta «Barselona» prezidenti sifatidagi muddatining yakunlarini sarhisob qildi

Laporta «Barselona» prezidenti sifatidagi muddatining yakunlarini sarhisob qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta klub prezidentligiga qayta nomzod qo‘yish uchun iste’foga chiqdi. U bilan birga klub boshqaruv kengashi a’zolari ham lavozimlarini tark etdi. Bu Kataloniya klubida yangi prezident saylovlari oldidan qonunchilikka ko‘ra majburiy tartib hisoblanadi. Laporta o‘zining amaldagi prezidentlik muddati yakunlarini OAV vakillariga taqdim etdi.

«So‘nggi besh yil davomida qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu vaqt mobaynida yana “Barselona” prezidenti bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldim — bu men uchun katta sharaf edi. Men qonun talablariga muvofiq iste’foga chiqyapman, chunki direktorlar kengashidagi hamkasblarim bilan birga qayta saylovlarda ishtirok etmoqchimiz. Ular ham qonun talabiga binoan, qayta nomzod qo‘yish uchun iste’fo berishga majbur bo‘lishdi.

Biz so‘nggi besh yilda bajarilgan ishlardan qoniqqan holda ketyapmiz. Klub barcha jihatlardan besh yil oldingidan ancha yaxshilandi, deb hisoblaymiz, bu esa klubga sadoqat hissiga ega xodimlar hisobiga amalga oshdi — men buni juda qadrlayman. Boshqaruv darajasida ham o‘z ishini yaxshi biladigan va klubga sadoqatli rahbarlar bor. Shuningdek, “Barsa”ni qutqarish kerak bo‘lgan paytda mening prezidentlik lavozimida qolishimga imkon yaratgan direktorlar kengashidagi hamkasblarimga rahmat aytaman. Biz klubni saqlab qoldik va moliyaviy ahvolini tikladik.

Sport yo‘nalishida ham bu yoqimli palla. Direktorlar kengashi bilan birga “Barselona” muxlislariga quvonchni qaytara olganimizdan juda faxrlanamiz. Bugun muxlislar baxtiyor va buning sababi aniq: biz ligada birinchi o‘rindamiz, Ispaniya Kubogida kurashni davom ettiryapmiz, oldimizda “Atletiko”ga qarshi qiziqarli yarim final turibdi, Superkubokdagi g‘alaba esa bu mavsumda sovrinlar sari to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatdi. Umid qilamanki, Chempionlar ligasida ham ilgarilashda davom etamiz», — deya Laporta so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltiradi.

Kataloniya klubining yangi prezidenti saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib esa 1 iyuldan rasman o‘z lavozimiga kirishadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:31, 09.02.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик