Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bahsda «Atalanta» o‘z maydonida «Kremoneze» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida gollarga Nikola Krstovich va Davide Dzappakosta mualliflik qildi. Mehmonlardan esa Morten Torsbi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bergamo jamoasi A Seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini yettita o‘yinga yetkazdi — 5 ta g‘alaba va 2 ta durang. «Atalanta» 39 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
«Kremoneze» esa 23 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.
Italiya Seriya A. 24-tur | 9 fevral, 22:30 | «Atleti Adzurri d’Italiya» (Bergamo)
«Atalanta» — «Kremoneze» — 2:1 (1-bo‘lim: 2:0)
Gollar: Krstovich (13), Dzappakosta (25) — Torsbi (90+4).
«Atalanta»: Karnesekki (D), Djimsiti, Kolashinas, Skalvini, Pashalich, Ederson, Zalevski, Dzappakosta, Samardjich, Raspadori, Krstovich. Zaxiradan tushganlar: Kossunu (59), Bellanova (59), Bernaskoni (70), Sulemana (70), Musa (78).
«Kremoneze»: Audero (D), Baskirotto, Luperto, Chekkerini, Torsbi, Male, Grassi, Pessella, Barbyeri, Vardi, Bonassoli. Zaxiradan tushganlar: Terrachchano (40), Djurich (46), Payero (63), Sanabriya (63), Dzerbin (84).
Ogohlantirishlar: Kolashinas (49), Kossunu (82).













