Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gasperini: "Malen yaxshi"

Gasperini: "Malen yaxshi"

Baho:
+ | -

A Seriya 24-turining so‘nggi o‘yinida "Roma" "Kalyari" darvozasiga ikkita to‘p kiritdi - ikkala golni ham yanvar oyidan beri "Roma"da o‘ynayotgan Doniel Malen o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Albatta, "Roma" ustozi Jan Pyero Gasperini uning o‘yinidan juda mamnun.

"Ishonchim komil edi va endi bu ishonchni mustahkamladim - u bu chempionatda ko‘plab gollar uradi. Biz uni to‘plar bilan yaxshi ta’minlashimiz kerak va hammasi yaxshi bo‘ladi. Uning xususiyatlari bizga juda mos keladi. Uning imkoniyatlari katta. U juda yaxshi", - deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi forzaroma.info.

Hozirda "Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub oxirgi marta 2001 yilda mamlakat chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 07:02, 10.02.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик