Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Dinamo»ning o‘yini menga yoqdi, JCH-2026da O‘zbekistonga befarq bo‘lmayman» - «Zenit» ustozi asabiy o‘yin, o‘zbek futbolidagi o‘sish va «Dinamo» haqida fikr bildirdi

«Dinamo»ning o‘yini menga yoqdi, JCH-2026da O‘zbekistonga befarq bo‘lmayman» - «Zenit» ustozi asabiy o‘yin, o‘zbek futbolidagi o‘sish va «Dinamo» haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Abu-Dabida o‘tgan «Zenit» - «Dinamo» (1:0) uchrashuvidan keyin Rossiya klubi bosh murabbiyi Sergey Semak «Match TV» telekanali, «Zenit» hamda «Dinamo» klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Rossiyalik mutaxassis Sankt-Peterburg va Samarqand klublari o‘rtasidagi o‘yin asabiy va murosasiz o‘tgani, «Dinamo»ning o‘yini unga yoqqani haqida gapirib, O‘zbekiston milliy jamoasiga ham JCH-2026da omad tiladi. Semak «An-Nasr»dan taklif etilgan Jon Dyuran transferiga ham to‘xtaldi. Kolumbiyalik forvard «Dinamo» bilan o‘yinni stadiondan kuzatib bordi.

«Bu o‘yin futbolchilarimiz yig‘in davomida 90 daqiqadan harakat qilgan birinchi bahs bo‘ldi. Uchrashuvni jarohatlarsiz yakunlagani xursand qiladi. O‘yin sifati, intensivlik jihatdan ham yaxshi o‘tdi. Ba’zida jismoniy jihatdan kuch yetmagandek bo‘ldi, umuman olganda hammasi yaxshi. Bu qo‘pol o‘yin emas, jangovar, yakkakurashlarga boy bahs degan bo‘lardim. Ayni damda bu kerak.

«Dinamo» bilan o‘yin va jamoaning o‘zi menga yoqdi. Ancha tezkor va agressiv jamoa. Bunday bahslarda hisobga uncha e’tibor bermaslik kerak. Jamoa ancha yaxshi harakat qildi, agressiv o‘ynashga intildi. Tarkibidagi o‘yinchilar ham yaxshi darajada ekan. Jamoa darajasi ham yaxshi darajada ekanini ko‘rdik. Umuman olganda, o‘zbek klublari bilan har safar o‘yin o‘tkazishdan mamnunman. Har holda bu mamlakat bizga begona emas, JCH-2026da o‘yinlariga befarq bo‘lmaymiz, kuzatib boramiz», - dedi Sergey Semak o‘yindan keyin.

Kiritildi: 08:12, 10.02.2026.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.