2015 yilda faoliyatini yakunlagan "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar haqida gapirdi. 47 yoshli sobiq futbolchi Mirror nashriga bergan intervyusida bel og‘rig‘idan aziyat chekishini va ko‘pincha nogironlar aravachasida harakatlanishga yoki kasalxona karavotida vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lishini aytdi.
"Anchadan beri belim og‘riydi. Futbolchilik faoliyatim davomida olgan jarohatlarim bor... Olti yil davomida shunchaki o‘ynash uchun tabletkalar ichib, ukol qildim. Bu o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shunday paytlar bo‘ladiki, bel og‘rig‘i shunchalik kuchli bo‘ladiki, bir necha kunni kasalxonada yoki nogironlar aravachasida o‘tkazishimga to‘g‘ri keladi. Bu aqlsizlik, lekin og‘riq hech qayerdan paydo bo‘lmaydi.
Nafaqaga chiqqanimdan keyin birinchi marta fizioterapevtga qatnay boshladim. U men bilan ko‘p ishlaydi va o‘sha binoda mening shaxsiy murabbiyim bo‘lib, u menga mashg‘ulotlarim haqida ma’lumot beradi. Endi mashg‘ulotlarga kompleks yondashyapman va umid qilamanki, bu menga haqiqatan ham yordam beradi. Singan narsani tuzatmoq o‘rniga, jarohatlarning oldini olgan ma’qul. Endi nima qilayotganimni bilaman. Lekin men 47 yoshdaman. Buni tushunish uchun menga shuncha vaqt kerak bo‘ldi", - deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Rio Ferdinand "Manchester Yunayted"da 12 yildan ortiq vaqt o‘tkazdi va klub safida 455 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi. Faoliyatini yakunlaganidan beri u telekompaniya sharhlovchisi bo‘lib ishlaydi.













