Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Buffon Kenan Yildizning salohiyatiga yuqori baho berdi

Buffon Kenan Yildizning salohiyatiga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning sobiq darvozaboni va afsonasi Janluiji Buffon turinliklar hujumchisi Kenan Yildiz haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men uchun Yildiz shunday futbolchi-ki, agar u «Yuventus» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, klub afsonasiga aylanadi. Uning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini — bu chinakam g‘ayrioddiy hodisa», — dedi Buffon DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Kenan Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Shu yilning 7 fevral kuni turkiyalik iqtidor sohibi turinliklar bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:53, 11.02.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик