Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

«Yaypan» Proliga-2026 qatnashchilari safiga qabul qilindi

«Yaypan» Proliga-2026 qatnashchilari safiga qabul qilindi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning «Yaypan» klubi Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasi qoshida tashkil etilgani va u viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’lum qilingandi.

O‘tgan davr ichida «Yaypan» klubining O‘zbekiston tumanida joylashgan stadion, futbol bazasi, akademiyasi va uning qoshidagi mashg‘ulot maydonlaridan foydalanishi masalasi hal etildi. Infratuzilma davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan bo‘lib, keyingi besh yil davomida undan «Yaypan» klubining foydalanishi borasida kelishuvga erishildi.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan stadionni katta futbol uchrashuvlariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Uning maydoni joriy yilning aprel oyiga qadar Liga talab qilgan minimal ko‘rinishga keltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, «Yaypan» futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning klub tasarrufiga qabul qilinishi va undan chiqarilishi kabi masalalar Liga yordamida tartibga keltiriladi hamda sakkizta yosh toifasi bo‘yicha tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinadi.

«Yaypan» klubining smeta xarajatlari talab etilgan ko‘rinishda to‘liq ishlab chiqilgani, klub keyingi besh yil davomida katta futbol uchrashuvlarini qabul qila oladigan stadiondan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgani, bolalar futbolini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha aniq rejalarga ega ekanligidan kelib chiqib, Liga uni viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kafolati ostida Proliga qatnashchilari safiga qo‘shishga qaror qildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:49, 11.02.2026.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик