Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" Frankning iste’fosiga izoh berdi

"Tottenxem" Frankning iste’fosiga izoh berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Londonning "Tottenxem" klubi jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi. Bu haqdagi bayonot klub rasmiy saytida e’lon qilindi. Tegishli qaror direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan.

"Tomas 2025 yilning iyun oyida tayinlangan edi va biz kelajak yo‘lida birgalikda ishlash uchun unga kerakli vaqt va yordamni berishga qat’iy qaror qilgandik. Biroq natijalar va o‘yinlar darajasi direktorlar kengashini mavsumning ushbu bosqichida murabbiyni o‘zgartirish zarur degan xulosaga olib keldi. Klubdagi faoliyati davomida Tomas o‘z ishiga sodiqligini namoyish etdi va bor kuchini klub rivojiga bag‘ishladi. Biz unga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz", — deyiladi bayonotda.

Tomas Frank APL doirasida "Nyukasl"dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng lavozimini tark etdi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin "shporlar" 26 turdan so‘ng 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 16-o‘ringa tushib ketishdi.

Kiritildi: 16:02, 11.02.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.