Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Rasman. “Rizespor” Husniddin Aliqulov bilan shartnomani uzaytirdi

Rasman. “Rizespor” Husniddin Aliqulov bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Rizespor” klubi safida uch yildan buyon to‘p surib kelayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomadagi yana bir mavsumga uzaytirish bandini faollashtirishga qaror qilgan. Yangi kelishuvga ko‘ra, Aliqulov 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar “Rizespor” sharafini himoya qiladi.

Klub rasmiy bayonotida futbolchining professional yondashuvi va jamoaga sadoqati alohida ta’kidlangan:

“Klubimiz Husniddinning yuqori professionaligi va jamoamizga bo‘lgan sadoqatini inobatga olib, mavsum yakunini kutmasdan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Uning qisqa muddatda safimizga qaytishiga ishonamiz va kelgusi faoliyatida omad tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

E’tiborlisi, mazkur qaror himoyachi og‘ir jarohat olgan bir paytda qabul qilindi. Futbolchi 2026 yil 19 yanvar kuni “Gyoztepe”ga qarshi uchrashuvda maydonni jarohat sabab tark etgan edi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining chap tizzasida oldingi xochsimon bog‘lam uzilishi, tizza kosachasining yarim chiqishi (patellar subluksasiya), MPFL — tizza kosachasi bog‘lamining shikastlanishi, shuningdek ichki va tashqi menisklarda yirtilish aniqlangan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, tiklanish jarayoni 6 oydan 9 oygacha davom etishi mumkin. Bu esa Aliqulov uchun joriy mavsum amalda yakunlanganini anglatadi. Shuningdek, uzoq muddatli reabilitasiya uning 2026 yil AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etishiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:44, 11.02.2026.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик