Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yangi shartnoma imzoladi.
Kelishuv ikki yilga - Yevro-2028 yakuniga qadar uzaytirildi. Germaniyalik mutaxassis shtabi a’zolari ham xuddi shunday shartnomalarni imzoladi.
Tuxel 2025 yilning yanvarida Angliya terma jamoasini qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2026 saralashida Serbiya, Albaniya va Latviya bilan guruhdagi barcha 8 o‘yinda g‘alaba qozondi.













