«Real» vingeri Vinisius Junior nima uchun zanjir taqishni yaxshi ko‘rishini tushuntirib berdi.
"Ular uslub va jilo bag‘ishlaydi. Xyustonda mening do‘stim bor, u ularni aynan men uchun maxsus tayyorlaydi.
Menga NBA basketbolchilarining arenaga kelishini haqiqiy moda shousiga aylantirishi yoqadi — futbolda hozircha bunday narsa yo‘q", — dedi Vinisius GQ nashriga bergan intervyusida.













