Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xau Angliya kubogida muvaffaqiyatga erishmoqchi

Xau Angliya kubogida muvaffaqiyatga erishmoqchi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa uchun Angliya Kubogining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

"Biz Kubokda muvaffaqiyatga erishishni juda xohlaymiz, lekin kayfiyatimiz o‘zgarmaydi: biz keyingi har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, navbatdagi raqibimiz esa — «Aston Villa». Qur’a qiyin keldi, ammo Kubok — bu biz yaxshi ishtirok etishni va imkon qadar uzoqroqqa borishni istagan turnirdir", — deya Xauning so‘zlarini «qarg‘alar» matbuot xizmati keltiradi.

Angliya Kubogining 1/16 finali doirasida «Nyukasl» safarda «Aston Villa» bilan to‘qnash keladi. Bahs shanba kuni, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv boshlanishini bildiruvchi hakam hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da yangraydi.

Kiritildi: 16:49, 13.02.2026.
O'qildi: 250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.