Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

Olise faoliyatida ilk bor Bundesliga o‘yinini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

Olise faoliyatida ilk bor Bundesliga o‘yinini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Maykl Olise Germaniya chempionatining navbatdagi turi doirasidagi "Verder"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda Olise mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi, shu sababli u bo‘lajak bahsda o‘z klubiga yordam bera olmaydi. Bu Olise 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o‘tganidan beri Bundesligada ilk bor maydonga tushmaydigan holatdir.

24 yoshli fransuz futbolchisi bungacha bo‘lgan barcha 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya"ning hozirgi tarkibidagi biror o‘yinchi bunday natija bilan maqtana olmaydi.

Germaniya chempionati 22-turidan o‘rin olgan "Verder" va "Bavariya" o‘rtasidagi bahs 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:36, 14.02.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик