Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.
Jumladan, tajribali futbolchi Azimjon Ahmedov yangi mavsumda «Metallurg» sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Ahmedov o‘tgan mavsum «Navbahor» safida to‘p tepdi. Umumiy hisobda Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasida futbolchi 23 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 1 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.
Azimjon Ahmedov futbolchilik faoliyati davomida «Navbahor», «Paxtakor» va «Turon» klublari safida to‘p tepgan.
"Azimjon Ahmedov yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.
Azimjon Ahmedov
Tug‘ilgan sanasi: 04.01.1992
Tug‘ilgan joyi: Namangan shahri
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Navbahor», «Paxtakor» va «Turon».













