Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Keyn Yevropa futboli afsonalari qatoriga qo‘shildi

Keyn Yevropa futboli afsonalari qatoriga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida 300 ta gol urgan futbolchilarning elita klubiga a’zo bo‘ldi.

Angliyalik futbolchi ushbu marrani zabt etgan to‘qqizinchi o‘yinchiga aylandi. Myunxenliklar hujumchisi o‘zining 300-golini shanba kuni Bundesliga doirasida kechgan "Verder"ga qarshi bahsda (3:0) kiritdi. Keynga qadar 300 va undan ortiq gollarni Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski, Jimmi Grivz, Gerd Myuller, Stiv Blumer, Diksi Din va Zlatan Ibrahimovich urishga muvaffaq bo‘lishgan.

Yevropaning yetakchi ligalaridagi umumiy gollar soni bo‘yicha rekordchi Lionel Messi bo‘lib turibdi — 396 ta gol. Krishtianu Ronaldu undan atigi bitta to‘pga ortda qolmoqda. Ikkala futbolchi ham faoliyatini davom ettirishmoqda, biroq endilikda Yevropadan tashqarida to‘p surishmoqda.

"Bavariya"ga o‘tishdan oldin Xarri Keyn uzoq yillar davomida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 11:40, 15.02.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.