«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniyadagi hakamlik darajasi haqida navbatdagi fikrlarini bildirdi. Nemis mutaxassisidan La Liga hakamlariga baho berish so‘raldi.
«Avval ham aytganman: men bunga ta’sir o‘tkaza olmayman. Barchamiz insonmiz va xato qilamiz, muhimi — shu xatolardan xulosa chiqarish. Men buni o‘z jamoamdan ham, hakamlardan ham kutaman. Xato qilish — insoniy holat, lekin yaxshilanish ustida to‘g‘ri ishlash kerak. Hamma xolis bo‘lishi lozim — hakamlardan aynan shuni kutaman. Biroq yakunda baribir barchamiz xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan insonlarmiz», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Hozirda Xans-Diter Flik jamoani La Liga doirasidagi «Jirona»ga qarshi safar o‘yiniga tayyorlamoqda. Uchrashuv 16 fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.













