Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Van Deyk: "Saloh juda yuqori standartlarni o‘rnatib qo‘ygan"

Van Deyk: "Saloh juda yuqori standartlarni o‘rnatib qo‘ygan"

Baho:
+ | -

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk jamoadoshi Muhammad Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Niderlandiyalik futbolchi Saloh «qizillar» sharafini himoya qilishda davom etishini xohlashini yashirib o‘tirmadi va misrlik hujumchiga maqtovlar yog‘dirdi.

«U har doim jamoaga gollardan ham ko‘proq narsa beradi. Ochig‘i, hozir hammaning e’tibori uning gollariga qaratilgan, chunki u juda yuqori standartlarni o‘rnatib qo‘ygan va kamroq gol ursa, darrov tanqidlarga uchraydi. Har qanday holatda ham Muhammad jamoada qolishini istayman, chunki u mening yaqin do‘stim va biz ko‘p yillar davomida birgalikda past-balandliklarni boshdan kechirdik», — dedi van Deyk.

Muhammad Salohning amaldagi shartnomasi yana 1,5 yil davom etadi. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida futbolchi «Liverpul» rahbariyatining unga bo‘lgan munosabatidan norozi bo‘lib, klubni ommaviy ravishda tanqid qilgan edi. Shuningdek, vinger bosh murabbiy Arne Slot manziliga ham tanqidiy fikrlar bildirgandi.

Kiritildi: 23:01, 15.02.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.