"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders Londonning "Arsenal" jamoasi bilan Premyer-liga chempionlik poygasi haqida gapirdi.
"Shaharliklar" hozirda "kanonirlar"dan to‘rt ochko ortda qolmoqda, hali 12 tur bor.
"Kayfiyat yaxshi. Ha, biz bir nechta ochko yo‘qotdik, ammo hamma narsa yaxshi. Biz oxirigacha "Arsenal" bilan raqobatlashamiz", dedi Reynders.













