Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yulduzli Nigeriya O‘zbekistonning JCH-2026'dagi ehtimoliy raqibiga aylanishi mumkin!

Yulduzli Nigeriya O‘zbekistonning JCH-2026'dagi ehtimoliy raqibiga aylanishi mumkin!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Nigeriya futbol federasiyasi Kongo terma jamoasi ustidan FIFAga rasmiy petisiya topshirgan. The Guardian xabariga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha tashkilot bugun o‘z yakuniy xulosasini taqdim etishi kutilmoqda.

Da’voning mazmuni nimada?
Nigeriya tomonining ta’kidlashicha, Kongo terma jamoasining 6 nafar futbolchisi mamlakat qonunchiligiga zid ravishda Yevropa pasportlaridan voz kechmagan holda maydonga tushgan. Shu bois, ularning Nigeriyaga qarshi saralash bahsida ishtirok etish huquqi bo‘lmagan deb hisoblanmoqda.

Nigeriya uchun imkoniyat:
Agar FIFA Nigeriyaning da’vosini qanoatlantirsa:

Nigeriyaning Kongodan uchralgan mag‘lubiyati (1:1, penaltilarda 3:4) bekor qilinadi;

«Super burgutlar» Kongo o‘rnini egallab, qit’alararo pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi.

Agar Nigeriya pley-offga yo‘l olsa, 2026 yil martida Yamayka–Yangi Kaledoniya juftligi g‘olibiga qarshi pley-off final bahsida maydonga chiqadi. Ular g‘alaba qozongan taqdirda Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston o‘rin olgan «K» guruhiga borib tushadi.

Kiritildi: 18:24, 16.02.2026.
O'qildi: 3187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик