Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Roberto Badjo: "Pep Gvardiola jamoalari doim yaxshi o‘ynaydi"

Roberto Badjo: "Pep Gvardiola jamoalari doim yaxshi o‘ynaydi"

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Roberto Badjo "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida yuqori fikr bildirdi. Avvalroq ular "Breshiya" safida birga to‘p surishgan.

"Men Pep Gvardiolani yaxshi ko‘raman! Uning jamoalari doim yaxshi o‘ynaydi, u o‘zi faoliyat yuritgan har bir mamlakatda o‘zini ko‘rsata oldi. Agar hozir futbolchi bo‘lganimda, uning qo‘l ostida o‘ynashni istagan bo‘lardim", — deya Badjoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira "X" ijtimoiy tarmog‘ida.

Futbolchilik faoliyati davomida Roberto Badjo "Yuventus" va "Milan" tarkibida Italiya chempioni bo‘lgan, turinliklar bilan birga mamlakat Kubogi va UYEFA Kubogini ham qo‘lga kiritgan. "Bolonya" bilan esa Intertoto Kubogida zafar quchgan.

Xosep Gvardiola o‘zining murabbiylik faoliyati davomida "Barselona" va "Bavariya" klublarida ham ishlagan. Mutaxassis ushbu jamoalarning har birida ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:25, 16.02.2026.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.