Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Olise "Bavariya"dan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini belgilab oldi

Olise "Bavariya"dan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini belgilab oldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Maykl Olisening klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalishda davom etmoqda.

24 yoshli futbolchi kun kelib o‘z kuchini Ispaniya La Ligasida sinab ko‘rmoqchi – "TEAMtalk" xabariga ko‘ra, Madridning "Real" va "Barselona" klublari uning bu rejalaridan allaqachon xabar topgan. Shunga qaramay, fransuz yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. Hozirda Myunxenda uni hamma narsa qoniqtirmoqda.

Maykl Olise 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi. Futbolchining Germaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan, mashhur "Transfermarkt" portali ekspertlari esa uning transfer qiymatini 130 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:14, 18.02.2026.
O'qildi: 6392 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик