Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anri: "Bu oqshom men madridistga aylandim"

Anri: "Bu oqshom men madridistga aylandim"

Baho:
+ | -

Mashhur fransuz sobiq hujumchisi Tyerri Anri Madridning "Real" va "Benfika" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Vinisius Junior ishtirokida yuz bergan hodisaga izoh berdi.

Ikkinchi bo‘limda braziliyalik futbolchi hakamga raqib vingeri Janluka Prestianni uni irqiy kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganini ma’lum qilgan edi.

"Men "Real"ni yoqtirmayman, lekin bu oqshom men madridistman. Bunday holatda Vinisiusning qaysi jamoa libosini kiyib yurgani ahamiyatsiz.

Cheferin va UYEFAning boshqa nufuzli shaxslari bu borada qanday chora ko‘rishini kuzatmoqchiman. O‘yin Vinisiusning golni nishonlashi sababli emas, balki Prestiannining so‘zlari tufayli to‘xtatildi", – dedi Anri "CBS Sports" studiyasida.

Aynan Vinisius uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan edi.

Kiritildi: 10:29, 18.02.2026.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик